+25° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
19-02-2024, 00:04
8

AQSh Hindiston va Xitoydan Rossiyani koinotda yadro qurolini joylashtirishdan qaytarishni so‘radi

Qo‘shma Shtatlar Hindiston va Xitoydan Rossiyani koinotda yadro qurolini joylashtirishdan qaytarishni so‘radi.

Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.

AQSh razvedkasi Rossiya Federasiyasi orbitada joylashtirish uchun yadroviy qurol ishlab chiqarayotganidan xavotirda. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Pekin va Dehli vakillari bilan Rossiyadan kelayotgan yangi tahdidni muhokama qildi va mamlakatlarni Moskvaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi. Siyosatchi koinotdagi har qanday yadroviy portlash nafaqat Amerika aloqa sun’iy yo‘ldoshlarini, balki Xitoy va Hindiston sun’iy yo‘ldoshlarini ham yo‘q qilishidan ogohlantirdi, deb yozadi nashr.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта