Fransiya Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga hujum qilishiga keskin qarshilik ko‘rsatmoqda, bu yerda bir milliondan ortiq ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan.
Fransiya prezidenti ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, prezident Emmanuel Makron misrlik hamkasbi Abdelfattoh as-Sisi bilan telefon suhbatida Isroilning Rafahga uyushtirishi mumkin bo‘lgan hujumi oqibatlarini muhokama qilgan.
Har ikki yetakchi G‘azo sektoriga gumanitar yuklarni to‘siqsiz yetkazib berishga ko‘maklashish qat’iyligini ta’kidladi.
Rafah o‘tish joyini ochiq saqlash va barcha o‘tish joylarini, jumladan, Usdud (Ashdod) portini ochish, eksklavdagi falastinliklarga insonparvarlik yordami oqimini ko‘paytirish «hal qiluvchi ahamiyatga ega», dedi Makron va El-Sisi.
Shuningdek, Fransiya va Misr yetakchilari Rafah shahriga genosidda ayblanayotgan Isroilning quruqlikdagi hujumiga keskin qarshi chiqdi va bu yangi miqyosdagi gumanitar falokatga va falastinliklarning Misrga majburan ko‘chirilishiga olib kelishini aytdi.
Makron va As-Sisining ishonchi komilki, Isroilning bunday harakatlari xalqaro huquqni buzish bo‘lib, mintaqada keskinlikning kuchayishiga olib keladi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring