Qarorgohi Londonda joylashgan Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) bashorat qilishicha, turli qit’alarda mojarolar kechayotgan bir sharoitda dunyo “yanada xavfli o‘n yillik” bilan yuzlashishiga to‘g‘ri keladi.
– Harbiy xavfsizlik sohasida yuzaga kelgan hozirgi vaziyat yanada xavfli o‘n yillik qarshimizda turganidan darak bermoqda, – deyiladi institut tayyorlagan “Harbiy muvozanat” sarlavhali risolada. – Bu ayrim kuchlar o‘z da’vosini hayotga joriy qilish uchun yuzsizlarcha harbiy harakat boshlashi bilan namoyon bo‘ladi.
Tashkilot ta’kidlashicha, xavfsizlikka darz ketishi natijasida dunyo bo‘yicha umumiy mudofaa xarajati 2023 yil rekord darajaga ko‘tarilib, 2,2 trillion dollarga yetdi. Bu avvalgi yildan 9 foiz ko‘p. Institut tahliliga ko‘ra, joriy yil ushbu mablag‘ yana ortishi mumkin.
Evropaning ko‘plab mamlakatlari mudofaa xarajatini 2014 yildan boshlab oshirib kelyapti. Masalan, Qrim Rossiya tarkibiga kirgandan keyin NATO mamlakatlari (AQShdan tashqari) harbiy byudjeti 32 foiz ortgan. AQSh esa avvaldan harbiy xarajat bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan bermaydi. Aniqrog‘i, dunyo bo‘yicha mudofaa uchun ajratilayotgan mablag‘ning 41 foizi, Shimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlari mudofaa sohasi moddiy ta’minotining 70 foizi Qo‘shma Shtatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Institut ekspertlari ta’kidlashicha, RF va Xitoy ham mudofaa xarajatini uchdan bir hissa oshirgan. Natijada jami mudofaa xarajatining 70 foizi NATO va shu juftlik hisobiga to‘g‘ri keldi.
Hisobotda Yevropa mamlakatlari mudofaa byudjeti o‘sishi, asosan, mudofaa sohasidagi eski muammolarni hal qilishga qaratilgani ta’kidlangan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring