38
Rossiyada muhojirlar reyd vaqtida o‘tirgan holda yurishga majburlandi
Ekaterinburgdagi qurilish ob’ektlarida huquq-tartibot idoralari xodimlari Rossiya migrasiya qonunchiligini “buzganlar” orasida reydlar o‘tkazdi. Reyd haqidagi hisobot o‘ng qanot faollari tomonidan “Ekaterinburg rus hamjamiyati” kanalida e’lon qilindi.
Unga ilova qilingan videodan ma’lum bo‘lishicha, xavfsizlik kuchlari ishchilarni bir qator o‘tirgan holda yurishga majburlagan.
17 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan tadbir davomida xavfsizlik kuchlari 150 kishining hujjatini tekshirdi. Ulardan 8 nafari immigrasiya qonunchiligini buzgani aniqlanib, deportasiya qilinishi kerakligi ta’kidlandi, 4 nafariga esa harbiy ro‘yxatga olish uchun chaqiruv qog‘ozi berildi.
Tekshiruv haqidagi ma’lumotni Ichki ishlar vazirligining Sverdlovsk bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Valeriy Gorelix tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, reyd ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi bo‘yicha bir nechta qurilish ob’ektlarida o‘tkazilgan. Yakunda polisiya Rossiya Federasiyasidan deportasiya qilish uchun 12 ta hujjatlar paketini tuzdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, birgina 2023 yilning o‘zida Sverdlovsk polisiyasi 2 586 ta shunday qoidabuzarni aniqlab, hujjatlashtirgan, 2024 yilda esa bunday ishlar viloyatning barcha munisipalitetlarida davom etmoqda.
IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, reydda bir qancha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, jumladan “Grom” maxsus bo‘linmasi askarlari, IIV viloyat bosh boshqarmasi migrasiya boshqarmasi mutaxassislari, shuningdek, Federal xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirok etgan.
Ushbu hodisadan so‘ng Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha komissari Tatyana Merzlyakova prokuratura, FXX, Ichki ishlar vazirligi va Yekaterinburg Rossiya Milliy gvardiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd va unda muhojirlarning o‘tirgan holda yurishga majburlanishi holatini tekshirmoqchi. “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring