25
Aleksey Navalniyning jasadi hamon uning yaqinlariga berilgani yo‘q
Siyosatchi Aleksey Navalniyning jasadi hamon uning yaqinlariga berilgani yo‘q.
Navalniyning tanasida tutqanoq va ko‘krak qafasining siqilishi natijasida yuzaga kelgan ko‘karishlar bor. Siyosatchining jasadi Salexarddagi o‘likxonada ekani aytilmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, "Novaya gazeta Yevropa" xabar berdi.
"Ular Navalniyni jonlantirishga harakat qilishgan, uning yuragi to‘xtab vafot etgan. Lekin nima uchun yuragi to‘xtab qolgan, bu haqda hech kim, hech narsa demayapti", — deya ma’lum qildi viloyat shifokori.
Shuningdek, jasad ustida hech qanday tekshiruvlar o‘tkazilmagani, siyosatchining o‘limi sabablari hali aniqlanmagani xabar qilinmoqda.
"Ehtimol, mahalliy shifokorlar Moskvadan mutaxassislarning kelishini kutishgandir, ular allaqachon o‘sha joyga yetib kelgan bo‘lishlari kerak. Ba’zi biomateriallar tadqiqot olib borish uchun Moskvaga yuborilishi mumkinligi sababli, jarayon yana bir necha kun davom etadi. Bundan chiqdiki, jasad siyosatchining yaqinlariga yana kamida bir hafta berilmaydi", — deb yozadi nashr.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring