+33° Kechasi +15°
Andijon (Bugun, 28 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 957.14 so'm (+29.97 so'mga)
156.56 so'm (+0.83 so'mga)
14 702.47 so'm (-15.11 so'mga)
18-02-2024, 19:28
47

BMT UNRWA moliyalashtirishni tiklashga chaqiradi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi DPA bilan suhbatda BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligini (UNRWA) moliyalashtirishni yangilashga chaqirdi.

U Myunxen Xavfsizlik konferensiyasi doirasida tegishli bayonot bilan chiqdi.

“Mablag‘lashni davom ettirish yoki yangilash bo‘yicha qarorlar qanchalik tez qabul qilinsa, bu millionlab odamlarning hayoti uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Shu bilan birga, agentlik turli sabablarga ko‘ra undan boshqa hech bir tashkilot o‘z zimmasiga ololmaydigan muhim vazifani bajarayotganini ta’kidladi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта