+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 29 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 848.38 so'm (+27.91 so'mga)
120.07 so'm (-2.19 so'mga)
13 512.64 so'm (+42.17 so'mga)
18-02-2024, 19:17
27

Vashingtonda G‘azo sektorini qo‘llab-quvvatlash uchun minglab odamlar namoyishga chiqdi

AQSh poytaxti Vashingtonda Isroil tomonidan bloklangan G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish talabi bilan minglab miting bo‘lib o‘tdi. Falastin tarafdori bir qancha nohukumat tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan miting ishtirokchilari Isroil va uni qo‘llab-quvvatlayotgan AQSh hukumatiga yana norozilik bildirish uchun Xitoy shaharchasidan Kongress binosigacha borgan.

Namoyishchilar Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlarni ko‘tarib, «G‘azo qayta tug‘iladi, Falastin hech qachon o‘lmaydi!», «Falastinga ozodlik!», «G‘azoda o‘t ochishni to‘xtating, hozir!» degan shiorlar bilan hayqirdi.

Falastin Yoshlik Harakati a’zosi Muhammad Gasim Anadolu agentligiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, 130 kundan ortiq vaqtdan beri genosidda ayblangan Isroil tomonidan katta hujumlar ostida bo‘lgan G‘azo sektorida minglab odamlar sovuqqa qaramay, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish talabi bilan ko‘chalarga chiqdi.

«Biz AQShdan Isroilni moliyalashtirishni to‘xtatishni talab qilamiz», dedi u.

Oberlin universiteti professori Stiv Krouli G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealarga shunchaki befarq qola olmasligini ta’kidladi.

«Biz G‘azo sektorida davom etayotgan genosidga befarq qola olmaymiz va Bayden ma’muriyatini bularning barchasiga qurolli yordam bermaslikka chaqiramiz», dedi professor.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта