26
Ukraina va Xitoy tashqi ishlar vazirlari tinchlik sammitini muhokama qildi
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan muzokara o‘tkazdi.Urushni tugatish va tinchlikni tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlar muhokama qilindi.
Ukraina vazirining so‘zlariga ko‘ra, u xitoylik hamkasbi bilan navbatdagi tinchlik konferensiyasini Shveytsariyada o‘tkazish masalasini muhokama qilgan. Van Yi avvalroq Xitoy har doim Ukrainada tinchlik va barqarorlikni tiklashni qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.
Tomonlar bu boradagi aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Xitoy ushbu sammit oldidan tayyorgarlik yig‘ilishlaridan birida ishtirok etdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring