+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 29 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 848.38 so'm (+27.91 so'mga)
120.07 so'm (-2.19 so'mga)
13 512.64 so'm (+42.17 so'mga)
18-02-2024, 12:16
24

AQSh vise-prezidenti: Kongressdagi ko‘pchilik Kiyevga qo‘shimcha yordam paketini qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh Kongressidagi ko‘pchilik Ukrainaga qo‘shimcha yordam paketini qo‘llab-quvvatlaydi va bu borada muqobil reja yo‘q.

Bu haqda AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan 60 yillik Myunxen xavfsizlik konferensiyasi (MSC) doirasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalistlardan birining «AQSh Kongressining Ukrainaga qo‘shimcha yordam paketini tasdiqlashdan voz kechishi mojaroning borishiga qanday ta’sir qiladi?», degan savoliga javoban, Xarris: Senat va Vakillar palatasi Kiyevga yordam ajratilishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Boshqa bir jurnalistning AQShda «B rejasi bormi» degan savoliga vise-prezident «faqat A rejasi bor» deb javob berdi.

O‘z navbatida, Vladimir Zelenskiy ushbu yordam paketining chiqarilishi «hayotiy ahamiyatga ega» ekanligini aytdi.

Ukraina AQSh Kongressi yordam paketini ma’qullashiga ishonchi komil, chunki u boshqacha yo‘l tutish mumkin bo‘lgan yo‘l xaritasini ishlab chiqmagan, dedi Ukraina davlat rahbari.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта