+33° Kechasi +15°
Andijon (Bugun, 28 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 957.14 so'm (+29.97 so'mga)
156.56 so'm (+0.83 so'mga)
14 702.47 so'm (-15.11 so'mga)
18-02-2024, 11:00
41

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida 9 nafar jangari zararsizlantirildi

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatidagi to‘qnashuvlarda 9 nafar jangari zararsizlantirildi, 1 nafar askar halok bo‘ldi.

Pokiston armiyasi o‘z bayonotida isyonchilarga qarshi harbiy amaliyotlar Xayber-Paxtunxva viloyatining Tank va Janubiy Vaziriston hududlarida olib borilganini aytdi.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar davomida 9 nafar jangari zararsizlantirilgan, 1 nafar askar halok bo‘lgan.

Ko‘p sonli qurol va o‘q-dorilar musodara qilingan, ammo jangarilar qaysi tashkilotga tegishli ekanligi ma’lum qilinmagan.

Pokistonda, xususan, Xayber-Paxtunxva va Balujiston viloyatlarida jangarilar hujumlari ko‘paygan.

Islomobod ma’muriyatining da’vo qilishicha, unga qarshi kurashayotgan Pokiston Tolibon (TTP) Afg‘onistonda joylashgan va Tolibon ma’muriyati bu tashkilotga qarshi chora ko‘rmayapti.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта