+13° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 29 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 848.38 so'm (+27.91 so'mga)
120.07 so'm (-2.19 so'mga)
13 512.64 so'm (+42.17 so'mga)
18-02-2024, 10:52
29

Netanyaxu: «Agar biz Rafahga hujum qilmasak, urushda yutqazamiz»

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azo sektori janubida tinch aholi boshpana olayotgan Rafahga quruqlikdan hujum uyushtirmaslik haqidagi xalqaro chaqiriqlarni rad etdi. “Agar biz Rafahga harbiy hujum uyushtirmasak, urushda yutqazamiz.

Bosh vazir Netanyaxu matbuot anjumanida G‘azodagi vaziyat va HAMAS bilan ehtimoliy mahbus almashish kelishuviga to‘xtaldi.

G‘azo sektori janubida tinch aholi boshpana olayotgan Rafahga quruqlikdan hujum uyushtirmaslik haqidagi xalqaro chaqiriqlarni rad etib, Netanyaxu shunday dedi:

“Men aniq aytamanki, Isroil mutlaq g‘alabaga qadar kurashadi. Bizni Rafahda olg‘a siljishimizni to‘xtatmoqchi bo‘lgan har bir kishi aslida urushda mag‘lub bo‘lishimizni xohlaydi. Rafahga hujum qilmasak, urushda mag‘lub bo‘lamiz. Men bunga ruxsat bermayman ».

Uning so‘zlariga ko‘ra, XAMAS bilan mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan taqdirda ham Isroil hujumlarni to‘xtatmaydi. «Hamma mahbuslar bo‘yicha kelishuvga qo‘shimcha kelishuv bo‘lishini xohlaydi. Bunga erishsak yaxshi bo‘lardi, lekin kelishuvga erishsak ham Rafahga kiramiz».

U Falastin davlatini tan olish masalasi bo‘yicha kelajakdagi «tazyiqlar» ga bo‘ysunmasligini aytdi: «Men buni vazirlar mahkamasiga aniq aytdim va yana bir bor tushuntiraman. Yechimga faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri hech qanday shartlarsiz muzokaralar yo‘li bilan erishiladi”, — dedi bosh vazir.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта