26
Navalniyning jasadi bir oy davomida qarindoshlariga berilmasligi mumkin — Agentstvo
Navalniyning jasadi bir oy davomida qarindoshlariga berilmasligi mumkin. Bu haqda "Agentstvo"ga "OVD-Info" advokati Eva Levenberg ma’lum qildi.
"Kecha biz Tergov qo‘mitasi ish boshlaganini bildik va bizda bularning barchasi nima uchun ekanligi haqida savollar paydo bo‘ldi. Bu jasadni uning yaqinlariga topshirmaslik uchun kerak. Chunki tergov olib borilayotgan paytda ular 30 kungacha jasadni qonuniy ravishda o‘zlarida saqlab turishlari mumkin" — deya ta’kidladi Levenberg.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv odatda uch kun ichida amalga oshiriladi, biroq sud-tibbiy ekspertizasi zarur bo‘lsa, bu muddat uzaytirilishi mumkin. U rasmiylar aynan shunday qilishini taxmin qilmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring