Rossiya Adliya vazirligi «chet el agentlari» reestriga tadbirkor Oleg Tinkovni kiritdi.
Qarorda Tinkov chet el agentlari materiallarini yaratishda ishtirok etgani, Rossiya rasmiylarining qarorlari va siyosati to‘g‘risida «noto‘g‘ri ma’lumot» tarqatgani, shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus harbiy operasiyasiga» qarshi chiqqani ta’kidlangan.
Oleg Tinkov Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin urushga qarshi pozisiyani egalladi. Tadbirkor 2022 yil oktyabr oyida «Putin fashizmi bilan aloqador bo‘lishni istamasligini» aytib, Rossiya fuqaroligidan voz kechgan edi.
Rossiyada Tinkov TCS Group («Tinkoff» bankning bosh kompaniyasi) ulushiga ega edi, ammo 2022 yil aprel oyida u aktivni Vladimir Potaninning «Interros» holdingiga sotdi. Tinkovning ta’kidlashicha, Rossiya hukumati uni o‘z ulushini «arzon-garovga» sotishga majburlagan. Sotishdan keyin Tinkovning boyligi bir necha milliard dollardan 860 million dollargacha tushib ketdi, deb yozdi Forbes.
Tinkovning urushga qarshi pozisiyasiga qaramay, 2022 yil mart oyida Buyuk Britaniya unga qarshi sanksiyalar kiritdi. 2023 yil iyul oyida Britaniya hukumati bu qarorni bekor qildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring