+13° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 29 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 848.38 so'm (+27.91 so'mga)
120.07 so'm (-2.19 so'mga)
13 512.64 so'm (+42.17 so'mga)
17-02-2024, 16:24
25

Isroil kuchlari G‘azodagi Nosir kasalxonasiga ketayotgan JSST yordam kolonnasini to‘sib qo‘ydi

Isroil kuchlari G‘azo sektoridagi Nosir kasalxonasidan 50 metr uzoqlikda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yordam kolonnasini to‘sib qo‘ydi.

Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra, karvon yuk mashinalaridan birida yoqilg‘i, ikkinchisida suv va oziq-ovqat bo‘lgan. Karvonda BMTning yuqori martabali rasmiylari ham bor edi.

Xabarda aytilishicha, Isroil harbiylari Nosir kasalxonasidan 50 metr uzoqlikda gumanitar yordam ko‘tarilgan karvonni to‘sib qo‘ygan.

Ayni paytda, G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi yozma bayonotida, Isroil harbiylarining G‘azo janubidagi Xon Yunis qishlog‘ida joylashgan Nasser kasalxonasida tibbiyot xodimlari va bemorlarni qo‘lga olib, ularga nisbatan yomon munosabatda bo‘lganini bildirdi.

«Isroil kuchlari ko‘p sonli tibbiyot xodimlari va bemorlarni, shuningdek, ko‘chirilganlarni tug‘ruqxonalarda ushlab, g‘ayriinsoniy sharoitlarda so‘roq qilmoqda», — deyiladi xabarda.

Isroil kuchlari 120 bemor va 5 tibbiyot xodimini shifoxonalarda «elektr, suv, ochlik va kislorodsiz» qoldirdi. «Kislorodga muhtoj bemorlar generatorlar to‘xtab qolishi sababli o‘lishi mumkin», - deya ta’kidladi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта