+33° Kechasi +15°
Andijon (Bugun, 28 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 957.14 so'm (+29.97 so'mga)
156.56 so'm (+0.83 so'mga)
14 702.47 so'm (-15.11 so'mga)
17-02-2024, 15:34
42

AQSh Isroilga o‘n million dollarlik o‘q-dorilar yetkazib bermoqchi

Jo Bayden ma’muriyati Falastin—Isroil mojarosida sulh tuzishga chaqirganiga qaramay, Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroil hukumatiga o‘n million dollarlik turli xildagi o‘q-dorilar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika hukumati Isroilga taxminan 1 ming dona MK-82 bombalarini, shuningdek, KMU-572 mo‘ljalga olish to‘plamlari va KMU-572 bombalar uchun portlatish vositalarini berishni rejalashtirmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, qurol yetkazib berish bo‘yicha kelishuv hali ham Amerika ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Agar ma’qullansa, kelishuv Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта