40
O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasida Buxoro burchagi tashkil etildi
Eron Islom Respublikasida joriy yilning 12 - 15 fevral kunlari o‘tkazilgan “XXVII Xalqaro Tehron turizm yarmarkasi” kunlari doirasida Buxoro viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi elchixonasi rahbariyati tashabbusi bilan elchixona binosida Buxoro burchagi ish boshladi.
Buxoroning qadimiy boy tarixi, ilm-fan va madaniyati, hunarmandchilik va turizm salohiyatini namoyish etuvchi mazkur xona, har bir tashrif buyuruvchida yurtimizga nisbatan katta qiziqish uyg‘otadi.
Buxoro burchagini kitoblar, tasviriy san’at asarlari, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik va yog‘och o‘ymakorligi kabi hunarmandchilik buyumlari bilan to‘ldirilgani hamda mamlakatimizning turizm salohiyatiga oid materiallar bilan jihozlangani ko‘pchilikning ko‘nglidan joy oldi.
Muxtasar aytganda, Buxoro burchagi Eron xalqi va mehmonlarni Buxoro haqida yanada yaqindan tanishishga va yurtimizga sayohat qilishga chorlovchi targ‘ibot xonasi sifatida katta ahamiyat kasb etadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring