27
Olimlar xavfli bakteriyalarga qarshi antibiotik ishlab chiqishdi
Yangi antibiotik jiddiy infeksiyalarni keltirib chiqaradigan va mavjud davolash usullariga chidamli bo‘lgan bir nechta bakteriyalarga qarshi samaradorligini ko‘rsatdi.
Olimlar yangi antibiotik – krezomisinni ixtiro qilishdi.
Ta’kidlanishicha, yangi antibiotik sichqonlar ustida olib borilgan tadqiqotlarda jiddiy infeksiyalarni keltirib chiqaradigan va mavjud davolash usullariga tobora chidamli bo‘lib borayotgan bir qancha bakteriyalarga qarshi samaradorligini ko‘rsatdi.
“Eng muhimi, u hayvonlarda antibiotiklarga chidamli shtammlarni bartaraf etadi. U o‘limga olib keladigan bakteriyalarga nisbatan kuchliroq va samaraliroqdir”, deydi tadqiqot hammuallifi, Chikagodagi Illinoys universiteti biologiya fanlari dosenti Yuriy Polikanov.
Krezomisin sintezi bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar va parazitlar davolanishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini rivojlantirganda yuzaga keladigan mikroblarga qarshi chidamlilikni bartaraf etishga qaratilgan tadqiqotlarning bir qismidir.
Krezomisin o‘tkir respirator kasalliklari tarqalishida muhim rol o‘ynaydigan bir qator xavfli bakteriyalarga qarshi samarali ekanligini isbotladi, deb xabar beradi korrespondent.net.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring