28
«Belfa» kompaniyasi O‘zbekistondan jun mahsulotlarini xarid qiladi
Belarus Respublikasining Minsk shahrida «Ishchi kiyimlar, xavfsizlik va mehnat muhofazasi» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston korxonalari mazkur ko‘rgazmaning debyutanti sanaladi.
«O‘zcharmsanoat» uyushmasiga a’zo korxonalardan iborat delegasiya «Made in Uzbekistan» jamoaviy stendida maxsus poyabzallar, charm buyumlar, butlovchi qismlar, charmsanoat sohasi uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalar, jun va mo‘yna mahsulotlarini namoyishga qo‘ygan.
Ko‘rgazmaning dastlabki kunida Belarus Respublikasining «Trud» hamda mahalliy «Ulkan Laziz» MCHJ o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Maxsus poyabzallarni mahalliy korxonamizdan xarid qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
«Trud Spesobuv» MCHJ esa O‘zbekistondan poyabzal ustki qismlarni sotib olishga qiziqish bildirdi. Korxonalarimiz tomonidan kompaniyaga mahsulot na’munalari taqdim etildi.
«Amr-ul Baxr» MCHJ korxonasi hamda «SEYFTIM» MCHJ, «Trud Spesobuv» MCHJ korxonalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotlarda tomonlar mahalliy korxonamizning mahsus poyabzallarini xarid qilish bo‘yicha dastlabki kelishuv istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring