26
Tramp tarixdagi eng yirik deportasiya operasiyasini boshlashga va’da berdi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ikkinchi muddatga agressiv va ambisiyali siyosiy dastur tayyorlamoqda, deb xabar beradi NBC News.
Immigrasiya 2024 yilda prezidentlik uchun kurashda respublikachi nomzodning saylovoldi tashviqoti nutqi chog‘ida birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Agar u g‘alaba qozonsa, Donald Tramp Bayden ma’muriyatining butun ochiq chegara siyosatini zudlik bilan o‘zgartirish va Amerika tarixidagi eng yirik deportasiya operasiyasini boshlash niyatida.
2016 yilda Donald Tramp bir necha bor AQSH-Meksika chegarasida 1000 millik devor qurishga va’da bergan edi. Oxir-oqibat, 453 milya chegara panjarasi amalga oshirildi. Bu safar Tramp boshlagan ishini oxiriga yetkazishga va’da bermoqda.
Iqtisodiy jabhada, mahalliy ishlab chiqarishga ustuvorlik berish maqsadida, chet eldan AQShga keladigan barcha tovarlarga universal 10% soliq joriy etish rejalashtirilmoqda. Saylov kampaniyasi chog‘ida Tramp o‘z ishlab chiqarishini xorijiy davlatlarga yetkazib beradigan kompaniyalar tovarlariga yuqori bojxona bojlari qo‘yilishi bilan tahdid qilgan.
Sobiq prezident shaharlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun harbiylardan, xususan, Milliy gvardiyadan mamlakat ichkarisida foydalanishni taklif qildi.
Eng izchil mavzulardan biri uning Bayden klanini javobgarlikka tortish niyatiga qaratilgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring