AQSh rasmiylari ALRHV nomi bilan ham tanilgan Blackcat xakerlar guruhining asosiy shaxslarini aniqlashga yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot taklif qildi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi.
AQSh Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 1 mingdan ortiq kompaniya Blackcat qurboniga aylangan. 2023 yil dekabrida AQSh Federal qidiruv byurosi xakerlarga ular so‘ragan summalarni to‘lamasdan, kiberhujumlarga uchragan tizimlarni qayta tiklash imkonini beruvchi dasturni ishlab chiqdi.
2024 yil fevral oyi holatiga ko‘ra, dastur taxminan 99 million dollar miqdoridagi mablag‘ni xakerlarga to‘lamay, tejab qolishga yordam bergan.
Kasperskiy laboratoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Blackcat xakerlar guruhi shu nomdagi shifrlovchi virusdan foydalanib, 2021 yil oxiridan boshlab keng ko‘lamli kiberhujumlarni amalga oshirib kelmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring