+15° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 28 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 848.38 so'm (+27.91 so'mga)
120.07 so'm (-2.19 so'mga)
13 512.64 so'm (+42.17 so'mga)
15-02-2024, 22:41
24

Litva Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi

14 fevral kuni Rossiya Federasiyasining Vilnyusdagi elchixonasi vakili Litva Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga diplomatik norozilik notasi topshirildi. Notada rus hukumati tomonidan litvalik siyosatchilar, davlat xizmatchilari va boshqa shaxslarga nisbatan o‘z majburiyatlari doirasida qabul qilgan qarorlari uchun e’lon qilingan jinoiy ish doirasidagi qidiruv keskin qoralangan. Bu haqda Delfi nashri xabar berdi.

Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi qidiruvga berilgan siyosatchilar haqidagi xabarlar jamoatchilikka tarqala boshlagach, Rossiya Federasiyasi rasmiylari sovet askarlari yodgorliklarini buzib tashlashga mas’ul bo‘lgan Litva va bir qancha xorijiy mamlakatlar fuqarolari Rossiyada qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatiga kiritilganini rasman tasdiqladi. Moskvadagi hukumatning bu qarori 13 fevral kuni imzolangani aytilgan.

Litva Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federasiyasining qarorlari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlariga zid ekani, Litvaning tarixiy xotirasiga hurmatsizlik namoyish etganini ta’kidladi. Litva Tashqi ishlar vazirligi Litva fuqarolariga nisbatan siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qiblarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilgan.

Rossiya qidiruvga bergan shaxslar orasida Litva madaniyat vaziri Simonas Kayris ham bor.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта