Astana shahrida bo‘lib o‘tadigan V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida etnik qishloqda bir xil rang va naqshda 500 ta o‘tov quriladi.
Bu haqda bugun V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari direksiyasi direktori o‘rinbosari Abilay Qondiboyev kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida ma’lum qildi.
“V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari bu yil Astanada o‘tkaziladigan asosiy tadbirlardan biridir. O‘yinlar boshlanishiga 205 kun qoldi. Biz barcha tayyorgarlik ishlarini uch bosqichga ajratdik. Rejaga ko‘ra, birinchi bosqichni yakunlab, ikkinchi bosqichni boshlayapmiz. Barcha ishlar reja asosida ketmoqda. O‘yinlarda 100 dan ortiq davlatdan 4000 ga yaqin sportchi qatnashadi va Astanaga 100 000 dan ortiq sayyoh kelishini rejalashtirganmiz. O‘yinlar davomida etnik qishloqda 500 ta o‘tov quriladi”, - dedi Abilay Qondibayev.
Eslatib o‘tamiz, V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari joriy yilning 8-14 sentyabr kunlari Astana shahrida bo‘lib o‘tadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring