Missuri shtati Kanzas-Siti shahrida Milliy futbol ligasi chempioni «Kanzas-Siti Chifs»ning Superkubokdagi g‘alabasini nishonlash chog‘ida bir kishi halok bo‘ldi, yana 21 nafar jabrlanuvchi o‘qdan jarohat oldi, deb xabar beradi NBC News.
Rasmiylarga ko‘ra, 15 kishi hayotiga xavf tug‘diruvchi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, yana 6 kishi esa yengil jarohatlar olgan.
Bolalar kasalxonasi o‘q jarohati olgan 12 nafar jabrlanuvchiga, aksariyati bolalarga yordam berayotganini ma’lum qildi.
Kanzas-Siti polisiyasiga ko‘ra, jinoyatda gumon qilinib, uch kishi hibsga olingan. Dastlabki tergovga ko‘ra, otishma terrorchilik emas, jinoiy xususiyatga ega.
Polisiya odamlardan jarohat olganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishi uchun Kanzas-Siti markazidagi hududni tezda tark etishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Yakshanba kuni «Kanzas-Siti Chifs» Superkubokda «San-Fransisko Forti Nayners» ustidan 25-22 hisobda g‘alaba qozonganidan so‘ng, minglab odamlar Yunion-Steyshn yaqinidagi bayram paradiga yig‘ildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring