27
Turkiya Yevropa Ittifoqining mumkin bo‘lgan sanksiyalarini o‘rganmoqda
Turkiya Yevropa Ittifoqining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga u yoki bu tarzda yordam berayotgan kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash tahdidini o‘rganmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» turkiyalik manbaga tayanib xabar bermoqda.
«Biz hozirda bu xabarlarni tekshirmoqdamiz. Biz go‘yoki Rossiyaga harbiy maqsadlarda yordam beryapmiz, sanksiyalarni chetlab o‘tamiz, degan bayonotlar ochiq-oydin yolg‘ondir. Aniqlanishicha, bu turdagi xabarlar Anqaraning mojaroni hal qilish bo‘yicha samimiy vositachilik sa’y-harakatlariga putur yetkazish uchun mo‘ljallangan», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Xitoy, Gonkong, Serbiya, Tailand, Hindiston, Qozog‘iston, Shri-Lanka va Turkiya kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring