+28° Kechasi +18°
Andijon (Bugun, 9 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 910.15 so'm (-14.77 so'mga)
159.78 so'm (-0.16 so'mga)
14 660.77 so'm (+40.1 so'mga)
15-02-2024, 16:38
39

G‘azo sektoridagi “Al-Amal” shifoxonasi o‘qqa tutildi

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori janubidagi Falastinning Xon-Yunis shahridagi shifoxona va uning atrofidagi turar-joy binolarini kuchli o‘qqa tutmoqda, deb xabar beradi Kazinform agentligi TASSga tayanib.

Shuningdek, Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati Isroil Al-Mag‘ozi qochqinlar lagerini o‘qqa tutayotgani haqida ham xabar berdi.

Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati (PRCS) o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida Isroil tomonidan Xon Yunisning o‘qqa tutilishi "Al-Amal tibbiyot markazi binosi va kasalxona atrofidagi hududga jiddiy zarar yetkazganini" aytdi.

Falastin anklavining markaziy qismida joylashgan Al-Mag‘ozi qochqinlar lageri ham artilleriyadan o‘qqa tutilgani xabar qilingan. PRCS qayd etganidek, Isroil armiyasining zarbasi natijasida kamida bir falastinlik yaralangan.

Yaqin Sharqdagi vaziyat 2023 yil 7 oktyabrda G‘azo sektoridan Isroil hududiga XAMAS jangarilari kirib kelganidan keyin keskin yomonlashdi. Isroil Falastin anklaviga, Livan va Suriyaning bir qismiga qarshi javob qaytara boshladi. 1 dekabr kuni Isroil armiyasi XAMASni 24 noyabrdan beri amalda bo‘lgan sulhni buzganlikda ayblab, G‘azo sektorida yana jangovar harakatlarga kirishayotganini e’lon qildi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта