+14° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 28 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 848.38 so'm (+27.91 so'mga)
120.07 so'm (-2.19 so'mga)
13 512.64 so'm (+42.17 so'mga)
15-02-2024, 09:32
29

Argentinada yanvar oyida inflyasiya 20 foizdan oshdi

Argentinada yanvar oyida inflyasiya dekabr oyiga nisbatan 20,6 foizni tashkil etib, Lotin Amerikasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qoldi.

Bu haqda Milliy statistika instituti xabar berdi.

“2024 yilning yanvar oyida iste’mol narxlari dekabr oyiga nisbatan 20,6 foizga oshib, yillik o‘sish 254,2 foizni tashkil etdi”, — deyiladi hisobotda.

Institutning qayd etishicha, to‘rt kishilik oila kambag‘al hisoblanmaslik uchun 596,823 ming peso (taxminan 600 dollar) daromadga ega bo‘lishi kerak. Ayni paytda Argentinada o‘rtacha maosh 300 ming pesoni tashkil qiladi.

Argentinada 2023 yilda inflyasiya 30 yildan ortiq vaqtdagi eng yomon natijani ko‘rsatdi – 12 oy yakuniga ko‘ra u 211,4 foizni tashkil etdi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта