+14° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 28 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 848.38 so'm (+27.91 so'mga)
120.07 so'm (-2.19 so'mga)
13 512.64 so'm (+42.17 so'mga)
15-02-2024, 09:25
24

Avstraliyada erkak xavfsizlik uskunalarisiz 163 metrlik osmono‘par binoga ko‘tarildi

Fransiyalik fuqaro hech qanday xavfsizlik uskunalarisiz osmono‘par binoga ko‘tarilgani uchun yetti kunlik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Xavfsizlik vositalarisiz osmono‘par binoga ko‘tarilgan Fransiya fuqarosi Melburn magistral sudi tomonidan yetti kunga qamaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 6 fevral kuni sodir bo‘lgan. O‘shanda 30 yoshli Entoni Andolfo ertalab soat 7:50 da Melburndagi Avani binosining (balandligi 163 metr) to‘qqizinchi qavatdagi ayvoniga chiqdi va arqon, kamar va boshqa xavfsizlik vositalarisiz ko‘tarilishni boshladi. U 55 qavatli binoning tomiga chiqdi, u yerda uni polisiya, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiyot xodimlari kutib olishdi.

Andolfo Port-Fillip qamoqxonasida allaqachon jazosni o‘tadi.

26 daqiqalik cho‘qqiga chiqishni dron bilan suratga olgan 25 yoshli do‘sti Ugo Frolingerga kelsak, u o‘tgan hafta aybdor deb topildi va voqeadagi roli uchun 3000 dollar jarimaga tortildi.

Andolfoning advokati Maykl Xaralambus sudga uning mijozi ijtimoiy tarmoqlarda shon-shuhrat yoki ko‘proq obunachilarga ega bo‘lish haqida o‘ylamaganini aytdi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта