Turkiyaning Erzinjon shahridagi oltin konida sodir bo‘lgan ko‘chkidan so‘ng 9 nafar konchi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning ma’lum qilishicha, 9 nafar konchi jabrlangan va ular bilan aloqa uzilgan. Voqea joyiga ko‘plab qidiruv-qutqaruv guruhlari (taxminan 400 kishi) jo‘natildi.
Mamlakat prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an qidiruv-qutqaruv ishlari uchun barcha resurslarni safarbar qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
“13 fevral kuni soat 14:00 atrofida Erzinjon viloyatining Ilich tumanidagi konda ko‘chki sodir bo‘lib, ishchilar ko‘chki ostida qolib ketgani ma’lum qilindi. Boshqarmamiz xodimlari jo‘natildi, biz voqeani kuzatib boryapmiz”, — dedi Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Erzinjon gubernatori Hamza Aydogdu Furot daryosiga sianid oqishi haqidagi da’volarni rad etib, ko‘chkidan boshqa muammo yo‘qligini aytdi.
Shuningdek, Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya TRT News jonli efirida ma’lum qilishicha, kondan olingan tuproq bu yerda to‘planib qolgan va hodisaga tuproq to‘planishining harakati sabab bo‘lgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring