+14° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 28 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 848.38 so'm (+27.91 so'mga)
120.07 so'm (-2.19 so'mga)
13 512.64 so'm (+42.17 so'mga)
14-02-2024, 22:59
26

Rossiya yaqin o‘n yillikda G‘arb bilan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Estoniya razvedka xizmati boshlig‘i Kaupo Rosin Yevropa mamlakatlarini Rossiyaning ehtimoliy hujum tahdidiga real baho berishga chaqirmoqda.

"Rossiya uzoq muddatli qarama-qarshilik yo‘lini tanladi, ehtimol, yaqin o‘n yil ichida ular NATO bilan urush boshlashlari mumkin", — deya ta’kidladi u.

Rosinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federasiyasini faqatgina NATO qurolli kuchlarini yanada kuchaytirish orqali ushlab turish mumkin.

Reuters agentligining e’tibor berishicha, so‘nggi vaqtlarda G‘arbda tobora ko‘proq rasmiylar tomonidan Rossiyaning harbiy tahdid ehtimoli kuchayayotgani haqidagi gaplar yangramoqda. Yevropalik mansabdorlarga ko‘ra, ayni damda mintaqa mamlakatlari faol ravishda qayta qurollanishga muhtoj.

Germaniyaning yirik harbiy-sanoat konserni Rheinmetall rahbarining ma’lum qilishicha, Yevropaga o‘q-dorilar zaxiralarini to‘ldirish va mudofaaga to‘liq tayyor bo‘lishi uchun taxminan o‘n yil kerak bo‘ladi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта