27
Indoneziyada bo‘ron va suv toshqini tufayli 10 ta qishloqda saylovlar qoldirildi
Indoneziyada 204 millionga yaqin saylovchi yangi prezident, vise-prezident, tumanlar rahbarlari va gubernatorlarini saylash hamda parlament tarkibini aniqlash uchun saylov uchastkalarida qatnashdi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 07:00da boshlanib, 13:00da yakunlangan.
Mamlakatning bir qator hududlarida noqulay ob-havo sharoiti va kuchli yomg‘ir sabab saylov uchastkalari kech ochildi. Xususan, bo‘ron va suv toshqini tufayli 10 ta qishloqda saylovlar qoldirildi.
Qayd etilishicha, ovozlarni sanash allaqachon boshlangan, rasmiy natijalarni e’lon qilish esa bir oyga cho‘zilishi mumkin.
Agar nomzodlardan biri 50 foizdan ko‘p ovoz ololmasa, prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi 26 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring