Samara viloyati hokimiyati migrantlarga ta’lim va transport xizmatlari ko‘rsatish sohasida ishlashni taqiqladi. Tegishli qaror hukumat saytida e’lon qilindi.
Rossiya hududida patentga ega bo‘lgan migrantlar jamoat transporti va taksilarda, shuningdek, ta’lim sohasida – bolalar bog‘chalari, maktablar, kollejlar va texnikumlarda o‘qitishda ishlay olmaydi. Qaror e’lon qilingan kundan 10 kun o‘tgach, 24 fevraldan kuchga kiradi. Viloyat hokimi tegishli boshqarmalarga uning ijrosini qattiq nazorat qilish bo‘yicha topshiriqlar bergan.
Avvalroq Tula viloyati rasmiylari migrantlarga alkogol va sigaret sotishni va umumiy ovqatlanish sohasida ishlashni taqiqlagan edi. Ilgari Magadan viloyatida migrantlarga jamoat transportini boshqarish taqiqlangan edi. Taqiq 2024 yil davomida amal qiladi va Rossiyada patent ostida ishlayotganlar ham unga bo‘ysunadi. Bu bunday cheklovlar joriy etilgan birinchi hududlar emas. Ular Chelyabinsk, Kaluga va Tyumen viloyatlarida ham amalda.
O‘z navbatida, Rossiyada federal darajada migrantlar uchun uchta kasbni (taksi, kuryer va sotuvchilik) taqiqlash taklif qilingandi. Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Pyotr Tolstoy bunday taqiq rus tili davlat tili maqomiga ega bo‘lmagan mamlakatlar fuqarolariga nisbatan qo‘llanilishi kerakligini ta’kidlagandi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring