+16° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 28 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 848.38 so'm (+27.91 so'mga)
120.07 so'm (-2.19 so'mga)
13 512.64 so'm (+42.17 so'mga)
14-02-2024, 14:30
19

Bayden Trampni NATOdagi ittifoqchilarini himoya qilishni istamasligi haqidagi nutqi uchun tanqid qildi

"Tariximizda hech bir prezident Rossiya diktatorlariga bosh egmagan. Aniq aytamanki, men hech qachon ta’zim qilmayman. Bu aqlsizlik, bu uyat, bu xavfli. Bu Amerika yo‘li emas", — deya Jo Bayden Trampning bayonotiga munosabat bildirdi.

Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, NATOga a’zo davlatlar mudofaa uchun juda kam mablag‘ sarflaydi.

Trampning tanqidchilari uning yevropaliklar ularni himoya qilgani uchun AQShdan tom ma’noda "qarzdor" va "NATOga ko‘proq to‘lashlari kerak" degan da’volari bir necha sabablarga ko‘ra yolg‘on ekanligini ta’kidlab keladi.

Birinchidan, harbiy xarajatlar miqdori har bir davlatning suveren qaroridir va u bu mablag‘ni o‘z qurolli kuchlariga sarflaydi va uni biron bir "NATO byudjeti" ga kiritmaydi.

Ikkinchidan, Qo‘shma Shtatlar har yili yuzlab milliard dollarlarni harbiy ehtiyojlarga, birinchi navbatda, o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda sarflaydi. Hech bir NATO ittifoqchisi ularni bunga majburlamaydi.

Uchinchidan, AQSh harbiy xarajatlarining juda oz qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yevropadagi qo‘shinlar va mashg‘ulotlarga yo‘naltiriladi va mamlakatning butun harbiy byudjetini NATO ittifoqchilari mudofaasiga qo‘shilgan hissa deb hisoblash mutlaqo noto‘g‘ri.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта