17
Isroil moliya vaziri AQShning G‘azoga yordam yetkazishiga to‘sqinlik qildi – OAV
Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrich AQShdan G‘azo sektoriga un yetkazib berilishini to‘sib qo‘ydi, chunki u BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) uchun mo‘ljallangan edi, deb yozadi Axios manbalarga tayanib. Smotrichning idorasi bu ma’lumotni tasdiqladi.
Isroil va AQSh rasmiylarining bildirishicha, vazir Isroil bojxona xizmatiga UNRWA oluvchi sifatida belgilanmaguncha yukni chiqarmaslikni buyurdi. Bezalel Smotrich unning Falastinning HAMAS harakatiga yetib bormasligini ta’minlaydigan boshqa yetkazib berish mexanizmini topishni so‘ragan.
"Isroil vazirlar mahkamasida yordam HAMAS qo‘lidan uzoqda bo‘lishi kerakligi haqida konsensus mavjud va men o‘z vakolatimdan foydalanib, shunday bo‘lishiga ishonch hosil qilishim kerak", dedi Smotrich.
AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller 13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan brifingda AQSh uni G‘azo sektoridagi 1,5 milliondan ortiq falastinliklarni oziq-ovqat bilan ta’minlashini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu yukni G‘azoga yetkazish nihoyatda muhim.
Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Isroil hukumati bilan un G‘azoga bir martalik yetkazib berish sifatida emas, balki bir necha oy davomida doimiy ravishda yetib borishini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
"Isroil hukumati un yetkazib berishni ma’qullash majburiyatini oldi va biz buni amalga oshishini kutamiz", dedi Miller.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring