So‘nggi uch kun ichida Belgiya poytaxtida o‘qotar quroldan foydalanish bilan bog‘liq ikkinchi hodisa sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Kazinform agentligi.
Seshanba kuni soat 14:00 da noma’lum shaxslar Sent-Jil kommunasidagi Jak-Frank maydonida quroldan bir necha marta o‘q uzgan va Anderlext hududiga qochishga uringan.
Polisiyaning ma’lum qilishicha, ular uch kishi bo‘lgan va o‘q otish sabablari noma’lum. Yaxshiyamki hech kim jabrlanmadi.
Biroq quvish chog‘ida gumonlanuvchilar bir ayolni urib yuborgan. Keyin ularning mashinasi devorga urilgan va gumondorlar mashinani tashlab, polisiyadan qochishda davom etgan.
Hozircha ular hibsga olinmagan, deydi Sent-Jil meri Jan Spinette.
Belgiya matbuotining yozishicha, otishma sodir bo‘lgan hudud bu yerda giyohvand moddalarni noqonuniy sotish bilan "mashhur".
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring