24
Aqtaudagi yong‘inda kuyib qolgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi reanimasiya bo‘limida yotibdi
Aqtaudagi shina ta’mirlash ustaxonasida sodir bo‘lgan yong‘inda kuyib qolgan odamlarning ahvoli ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Kazinform habar berdi.
Mang‘istau viloyat shifoxonasining reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan ikki nafar xorijlik fuqaroning hozirgi ahvoli haqida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatuvchi mutaxassislar ma’lum qildi.
“Yong‘in paytida jarohatlangan ikki kishining ahvoli og‘ir. Ular reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan. To‘liq holatlar tegishli choralar ko‘rilganidan keyin ma’lum bo‘ladi”, – deyiladi viloyat shifoxonasi matbuot xizmati xabarida.
Kecha tunda Aqtau shahrining 28a mavzesida joylashgan avtomobil shinalarini ta’mirlash ustaxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Vayron bo‘lgan ob’ekt ichida ikki nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xizmati chet el fuqarolariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, zudlik bilan kasalxonaga yetkazgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring