+14° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 28 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 848.38 so'm (+27.91 so'mga)
120.07 so'm (-2.19 so'mga)
13 512.64 so'm (+42.17 so'mga)
13-02-2024, 22:50
26

Isroilga asosiy ittifoqchisi tanbeh berdi


AQSh Isroilning falastinliklarning xavfsizligini hisobga olmagan har qanday operasiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilni G‘azo janubidagi Rafah shahriga bostirib kirishdan ogohlantirdi, deb yozadi Politico.

"Rafahdagi yirik harbiy operasiya u yerda boshpana olgan bir milliondan ortiq aholining xavfsizligi bo‘yicha ishonchli rejasiz amalga oshirilmasligi kerak. Ular himoyaga muhtoj", — dedi Bayden.

Aniqlik kiritilishicha, Amerika yetakchisi Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarini ham keskin tanqid qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojarodan halok bo‘lgan 27 mingdan ortiq falastinlikning "juda ko‘pi" begunoh tinch aholi va bolalardir.

"Falastin oilalari bir emas, ko‘plab yaqinlarini yo‘qotishdi. Bu yurakni ezadi", — dedi AQSh prezidenti. Bayden avvalroq Falastin davlatini qurish uchun Falastin milliy ma’muriyatini isloh qilishga chaqirgan edi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта