25
Hindiston polisiyasi tartibsizliklarga javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi
G‘arbiy Bengaliya bosh vaziri Mamata Banerji fermerlarga qilingan “shafqatsiz hujumni” qoraladi va BJP partiyasi boshchiligidagi markaziy hukumatning fermerlarni qo‘llab-quvvatlamasligi illyuziyani keltirib chiqarmoqda, dedi.
– BJP fermerlarning noroziliklarini bostirish o‘rniga, hokimiyatga chanqoq ambisiyalarini va millatimizga zarar yetkazayotgan noto‘g‘ri boshqaruvga e’tibor qaratishi kerak. Yodingizda bo‘lsin: barchamizni, kezi kelganda hukumatni ham qo‘llab-quvvatlaydigan aynan mana shu fermerlar, -dedi Banerji “X”dagi o‘z postida.
“Samajvadi” partiyasi rahbari Axilesh Yadav ham Dehli-Haryana chegarasida norozilik bildirgan fermerlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazning qo‘llanilishini qoraladi va jurnalistlarga bergan intervyusida shunday dedi:
“Odamlarga ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatib, yo‘llarga mix va barrikadalar o‘rnatib, xullas, fermerlarning yurishini oldini olish uchun hamma narsa qilinmoqda. Fikrimcha, markaziy hukumat fermerlarning «ovozini o‘chirmoqchi». Aslida bular (markaziy hukumatdagilar demoqchi) fermerlarning daromadlarini, hosil darajasini ikki baravar oshirishga va’da bergan o‘sha qalloblardir”.
Vazirlar bilan ekinlar masalasida minimal narxlarni ta’minlashga qaratilgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng, Panjob va Haryana fermerlarining Dehli tomon harakatlanishi ortidan poytaxtda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring