+29° Kechasi +18°
Andijon (Bugun, 30 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 933.16 so'm (-14.94 so'mga)
158.28 so'm (+1.35 so'mga)
14 719.23 so'm (+23.14 so'mga)
13-02-2024, 18:54
44

Afrika yetakchilari Addis-Abebada bo‘lib o‘tadigan sammitda qit’a muammolarini muhokama qiladi

Afrika yetakchilari qit’adagi muhim masalalarni muhokama qilish uchun Afrika Ittifoqining 37-sammitida to‘planadi.

Qit’a tinchligi va xavfsizligi, ta’lim, mintaqaviy integrasiya va taraqqiyot masalalari muhokama qilinadigan sammit, Efiopiya poytaxti Addis-Abebada bo‘lib o‘tadi.

Sammitda Afrika davlatlari rahbarlari bilan birga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Ahmad Abu Geyt ham ishtirok etadi.

17-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan sammit oldidan tashqi ishlar vazirlari 14-15 fevral kunlariga mo‘ljallangan Ijroiya kengashi yig‘ilishini ham o‘tkazadi.

Efiopiya Tashqi ishlar vazirining rasmiy vakili Meles Alemning bayonotiga ko‘ra, sammitda 24 davlat rahbari, 2 bosh vazir, bir monarx va 5 prezident o‘rinbosari ishtirok etadi.

Sammitda iqlim o‘zgarishi kabi global muammolar, shuningdek, Falastindagi fojia muhokama qilinishi kutilmoqda.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта