Davlat xizmatini rivojlantirish agentltgt axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Butunjahon hukumatlar sammiti (World Governments Summit) 2013 yildan boshlab har yili Dubayda o‘tkazilib kelinadi.
Bu yilgi sammit “Kelajak hukumatlarini shakllantirish sari” mavzusida tashkil etilib, uning doirasida 15 ta forum, 23 ta uchrashuv va davra suhbatlari, 120 dan ortiq interaktiv sessiya va seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Tadbirlarda 200 nafar spiker, 120 ta xorijiy delegasiyalar, 27 ta xalqaro tashkilot rahbarlari, jumladan, davlat va hukumat rahbarlari, yirik biznesmenlar taklif qilingan.
Sammit doirasida “Hukumat inson resurslarining istiqbollari” mavzusida tashkil qilingan davra suhbatida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma’muriyatchiligi departamenti mudiri I.Qurbonov hamda 20 ga yaqin davlatdan inson resurslari va kadrlar siyosatiga mas’ul bo‘lgan idora rahbarlari ishtirok etmoqda.
Tadbirda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar, davlat xizmati tizimi transformasiyasi, raqamlashtirish jarayonlari va joriy qilingan elektron platformalar (hrm.argos.uz, vacancy.argos.uz, samaradorlik.uz) to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring