“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, professor Kay-Yoran Aleksandr Stubb hozir Florensiya transmilliy boshqaruv maktabi direktori. 2017 yilgacha Bosh vazir, moliya, tashqi ishlar, savdo vaziri lavozimlarida ishlagan, Yevropa va Milliy parlamentlar deputati bo‘lgan. 2014-2016 yillarda “Kokoomus” milliy koalisiya partiyasi raisi, 2017-2020 yillarda esa Yevropa investisiya banki vise-prezidenti edi.
Aleksandr Stubb doktorlik darajasiga ega, London Iqtisodiyot maktabida xalqaro munosabatlar bo‘yicha magistr, Bryuggedagi Yevropa kollejida YEI boshqaruvi bo‘yicha magistr, Janubiy Karolinadagi Furman universitetida siyosiy fanlar bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. Shuningdek, Parijdagi Sorbonnada fransuz tili, madaniyati va sivilizasiyasini o‘rgangan.
Stubb Yevropa masalalari bo‘yicha ko‘plab kitoblar, akademik maqolalar yozgan, bir necha gazetada, jumladan “Financial Times”da muntazam ravishda maqolalari chop etiladi.
Finlyandiyaning yangi Prezidenti ashaddiy sport ishqibozi, havaskor triatlonchi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring