Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Jahon hukumati sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi, deya xabar beradi Kazinform Anadoluga tayanib.
Dubay xalqaro aeroportida Turkiya davlat rahbarini BAA iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Touq al-Mari, Turkiyaning Abu-Dabidagi elchisi Tugay Tuncer, Turkiyaning Dubaydagi Bosh konsuli Onur Shaylan va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrifda Turkiya rahbariga Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar, G‘aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, Milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler, Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja, Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fotih Kacir va Savdo vaziri Omer Bolat hamrohlik qilmoqda.
Turkiya Prezidenti 13 fevralda Dubayda bo‘lib o‘tadigan “Kelajak hukumatlarini shakllantirish” mavzusidagi Jahon hukumati sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.
Forumda turli mamlakatlardan davlat va hukumat tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor, ilmiy va biznes hamjamiyatlari, fuqarolik jamiyati, tahlil markazlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi. Tadbirda BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon ham ishtirok etadi.
Sammit doirasida Rejep Tayyip Erdog‘anning sammitga qatnashuvchi davlatlardagi hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring