+14° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 28 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 820.47 so'm (+5.69 so'mga)
122.26 so'm (-1.24 so'mga)
13 470.47 so'm (+27.77 so'mga)
13-02-2024, 09:16
25

Qozog‘istonda bu yil kuchli zilzilalar kutilyaptimi?

Seysmologik kuzatuvlar va tadqiqotlar milliy ilmiy markazi direktori Daulet Sarsenbayev Qozog‘istonda sodir bo‘ladigan zilzilalar prognozini ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

- O‘tgan haftada mavjud seysmik vaziyatni tahlil qilish bo‘yicha ishlar yakunlandi va 2024 yilga mo‘ljallangan o‘rta muddatli istiqbolda Seysmik vaziyatni baholash komissiyasining xulosasiga ko‘ra, 70% ehtimollik bilan aytish mumkinki, respublika hududida kuchli vayronkor zilzilalar sodir bo‘lishi kutilmaydi, - dedi Daulet Sarsenbayev RSK brifingida.

Unga ko‘ra, Seysmik vaziyatni baholash komissiyasi Ilmiy markazning seysmologik ma’lumotlari kuzatuv materiallarini tahlil qiladi va ushbu materiallarni mas’ul davlat organlariga taqdim etadi.

— Komissiya tarkibiga Ilmiy markazning yetakchi mutaxassislari kiritilgan. Seysmik vaziyatni baholash komissiyasi har yili seysmik vaziyatni baholaydi, - deya qo‘shimcha qildi ma’ruzachi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта