+14° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 28 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 820.47 so'm (+5.69 so'mga)
122.26 so'm (-1.24 so'mga)
13 470.47 so'm (+27.77 so'mga)
13-02-2024, 09:12
27

Qozog‘istonda 10 fevraldan boshlab sayg‘oqlarni otish to‘xtatildi

Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Yerlan Nisanbayev mamlakatda sayg‘oqlarni otish to‘xtatilganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

– Sayg‘oqlarni otish mamlakatimiz olimlari va xalqaro ekspertlar bilan maslahatlashuv va muhokamalardan so‘ng to‘xtatildi. Bundan tashqari, bu qish, dashtda harakat qilishda qiyinchiliklar mavjud. Shuning uchun 10 fevraldan boshlab sayg‘oqlar sonini tartibga solish jarayonini to‘xtatdik, — dedi Yerlan Nisanboyev Majilis kuluarida.

Ayni paytda, uning so‘zlariga ko‘ra, sayg‘oqlarni ovlash ishlari kelgusi yilda ham davom etadi.

– O‘tgan yilgi tajribani inobatga olgan holda, joriy yilda puxtalik bilan batafsil hisob olib boriladi. Taxminlarga ko‘ra, bizda hali ham taxminan 40% ga o‘sish bor, deyishimiz mumkin, umuman olganda, o‘tgan yilgi quralaylarni hisobga olsak, populyasiya mavsumida quralaylar soni taxminan 2,5-2,6 million boshni tashkil qiladi. Hatto pessimistik ssenariy bo‘yicha ham quralaylar masalasida ustunlikka ega bo‘lamiz. Yaylov sig‘imi bunday miqdorga yo‘l qo‘ymaydigan Oral populyasiyasining keskin ko‘payishi bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olib, biz bu ishni faqat biologik asosda davom ettiramiz, — deya qo‘shimcha qildi vazir.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта