29
Rossiyada 24 fevralni Ukrainada urush boshlangan kun sifatida nishonlash taklif qilindi
Rossiya davlat dumasi deputati Yana Lantratova maktablarda 24 fevral kunini “maxsus harbiy operasiya” (Ukrainadagi urushning boshlanishi) boshlangan kun sifatida nishonlashni taklif qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Lantratovaga ko‘ra, shu kuni o‘quvchilarga urushning “sabablari” va “asosiy voqealar rivoji” bo‘yicha ma’lumot beriladi. Rus deputati ta’lim vaziri Sergey Kravsovga tegishli sana bo‘yicha “maktab miqyosida tadbirlar” dasturini tayyorlashni taklif qildi. Deputatning rejasiga ko‘ra, 24 fevral kuni harbiy xizmatchilar maktablarga taklif qilinishi yoki bolalarga urush haqidagi videoroliklar namoyish etilishi kerak. “Kollektiv G‘arb” mamlakatlari esa urush voqealari yuzasidan “dezinformasiya va qalbakilashtirish” tarqalishini kuchaytirmoqda.
Lantratovaning so‘zlariga ko‘ra, “Ommaviy axborot vositalarida ‘maxsus harbiy operasiya’ni vatanparvarlik pozisiyasidan yorituvchi materiallar tanqisligi” kuzatilmoqda, “kollektiv G‘arb” mamlakatlari esa urushga oid xabarlarda “dezinformasiya va qalbakilashtirish”ga yo‘l qo‘ymoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring