41
Erdog‘an: Assimilyasiyaga qarshi eng katta qurol bolalarga ona tili va madaniyatini o‘rgatishdir
Assimilyasiyaga qarshi eng katta qurol farzandlarimizga ona tili, madaniyati, sivilizasiya qadriyatlarini o‘rgatish ekanligini hech qachon unutmang, chunki bolalar kelajagimiz garovidir. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Xalqaro demokratlar ittifoqi kongressi ishtirokchilariga videomurojaatida aytib o‘tdi.
Turkiya davlati rahbari kongress Xalqaro demokratlar ittifoqini yanada mustahkamlash va uning jipsligini oshirishga ishonch bildirdi.
«Evropada islomofobiyadan tortib, madaniy irqchilikgacha bo‘lgan ko‘plab tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda ittifoqimizning asosiy mas’uliyati demokratiya va huquq tamoyillaridan chetga chiqmagan holda Yevropa turklarining huquq va manfaatlarini to‘liq himoya qilishdir», dedi Erdog‘an.
Prezidentning fikricha, bunga faqat nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida qonun va tartib doirasida, shuningdek, yangi media vositalariga murojaat qilish orqali erishish mumkin.
«Sizdan mamlakatlaringizning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ilmiy hayotida yanada faol ishtirok etishingizni kutamiz. Assimilyasiyaga qarshi eng katta qurolimiz kelajak garovi bo‘lgan farzandlarimizga ona tili, madaniyati, sivilizasiya qadriyatlarini o‘rgatishdir. Buni hech qachon unutmang», dedi prezident.
Shu bilan birga, Turkiya davlat rahbari ishonch bildirdi va Xalqaro Demokratlar ittifoqi bu borada hech ikkilanmasdan zarur qadamlar tashlashda davom etishini bildirdi. “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring