24
Gruziyadagi sayyohlar mamlakat budjetining yarmini tashkil qildi
O‘tgan yili Gruziyaning umumiy turizm daromadi 4 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Gruziya milliy turizm boshqarmasi xabar berdi.
Turizmdan tushgan daromad miqdori tarixda rekord ko‘rsatkich bo‘ldi va 2019 yildagi avvalgi rekorddan 26,2 foizga oshib ketdi.
O‘tgan yili xalqaro tashriflar soni 7 millionni tashkil etdi.Bu 2019 yilga nisbatan 25 foizga kam, biroq turistlarning Gruziyaga tashrifi chog‘ida sarflangan mablag‘larning ko‘payishi hisobiga daromad ortdi.
Gruziyaning 2023 yilgi budjeti 22,2 milliard lari (8,4 milliard dollar)ni tashkil qildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring