24
Armaniston NATO bilan alyansga kirish imkoniyatini muhokama qilmagan va muhokama ham qilmayapti
Armaniston NATO bilan alyansga kirish imkoniyatini muhokama qilmagan va muhokama ham qilmayapti.
Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan The Daily Telegraph nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi Rossiya davlat matbuoti.
Shu bilan birga, siyosatchi KXSHT a’zoligini saqlab qolish masalasini bahsli deb hisoblash mumkinligini ta’kidladi.
«Armanistonda [mudofaa] ittifoqlariga a’zolik strategiyasi Armanistonning uzoq muddatli manfaatlariga mos keladimi va qay darajada ekanligi haqida ma’lum munozaralar bor», — deya qo‘shimcha qildi Pashinyan.
Nashr bilan suhbatda Pashinyan 2022 yil boshida CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi vaziyat haqida gap ketganda Armaniston «Rossiyaning ittifoqchisi emasligini» ta’kidlaganini esladi.
«Aslida bu haqiqat. Ammo shuni ham ta’kidlamoqchimanki, bizning AQSH, Fransiya yoki boshqa sheriklar bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorligimiz bu sohadagi boshqa hamkorimizga qarshi qaratilgan emas», — dedi bosh vazir.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring