Vengriya prezidenti Katalin Novakning rasmiy iste’fosi 15 kun ichida qabul qilinadi. Mart oyida esa mamlakatda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Parlament amaldagi prezidentning iste’fosini 15 kun ichida qabul qiladi, shundan keyin 30 kun ichida yangi davlat rahbari saylanishi lozim. Prezident Katalin Novak bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan shaxsni afv etgani ortidan iste’foga chiqishini e’lon qildi. U muxolifatning prezidentni parlament tomonidan emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri saylash kerakligi haqidagi fikrini qo‘llab-quvvatladi.
Vengriyalik yurist Mate Kochishning fikricha, muxolifat bu masalani ko‘tarmasligi lozim, chunki Novak hokimiyatda bo‘lganida bunday yechimni amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lmagan bo‘lar edi. Vengriya sobiq adliya vaziri Yudit Varga ham prezidentning iste’fosidan so‘ng siyosatdan ketishini e’lon qildi. Varga deputatlik mandatidan voz kechishini va Yevropa parlamentiga saylovlarda Vengriya “Fides” partiyasi ro‘yxatini boshqarmasligini aytgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring