+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 28 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 820.47 so'm (+5.69 so'mga)
122.26 so'm (-1.24 so'mga)
13 470.47 so'm (+27.77 so'mga)
12-02-2024, 12:46
25

O‘n minglab chet elliklar Turkiyani tark etmoqda

Yashash ruxsatnomasi muddatining uzaytirilmasligi, yangi kelganlarga ruxsat berilmasligi, uy va ijara narxlari keskin ortib ketgani sababli o‘n minglab chet elliklar Turkiyani tark etmoqda, deya yozdi Azonglobal nashri.

Xususan, Antalyaga xorijliklar oqimi shaharning ko‘plab hududlarida, ayniqsa uy-joylar narxlarining keskin oshishiga sabab bo‘ldi. Qayd etilishicha, bu ortishlar nafaqat chet elliklarning asosiy qismini tashkil etuvchi rus va ukrainlar, balki mahalliy aholiga ham ta’sirini ko‘rsatgan. Natijada hukumatga nisbatan norozilik kuchaydi va ortidan rasmiylar uy va ijara narxlari oshishini to‘xtatish maqsadida 10 ta mahallada chet elliklarga yashash guvohnomalarini berishni, boshqa mahallalarda ham yashash guvohnomasi muddati tugaganlarga uzaytirishni to‘xtatdi.

Natijada xorijliklar boshqa mamlakatlarga, asosan BAA va Seriyaga ko‘chib ketishni boshladi.

Konyaaltidagi Eduant xalqaro rus maktabi egasi Viktor Bikkenevning nashrga ma’lum qilishicha, urushdan keyin Rossiyada harbiylikka yollash boshlanganidan keyin haddan tashqari ko‘p immigrasiya bo‘lganini aytib, hozir esa buning aksi bo‘layotganini ta’kidladi.

«Odamlar ketishga majbur. Ularning aksariyati Dubayga yo‘l olishmoqda. Ularning aytishicha, Dubayda bunday muammo yo‘q ekan. Yevropaning ba’zi mamlakatlarida ham hech qanday muammo yo‘q. Masalan, Serbiya ularni qabul qilmoqda. U yerda xohlagancha qolib, ish topishi mumkin. Xorvatiyada ham xuddi shunday. Ba’zi mamlakatlar ruslarning kelishini yaxshi deb bilishadi. Chunki ular bilan ma’lum miqdorda pul olib kelishi mumkin. Ruslar Tailand, Bali va Maldiv orollariga ham borishmoqda», ‑ dedi u.

Bikkenev ruslar ketishi bilan narxlar ham pasayganini qayd etdi. “Ko‘chmas mulk agenti bilan uchrashamiz, savdo yo‘q. Antalyada dengiz sohilidagi uy narxi Mayami bilan bir xil yoki qimmatroq. Dubaydagi Burj Xalifa yonidagi uyni do‘stim zo‘rg‘a 1 million dollarga sotdi. Antalya narxlari 1 million dollardan boshlanadi. Shunday qilib, narxlar g‘ayritabiiy darajada oshdi. Hozir buning aksi, birorta ham uy sotilmayapti, narxi tushyapti. Migrasiya boshqarmasi yashash uchun ruxsatnoma bermasa, odamlarning qiladigan ishi qolmaydi”, ‑ dedi u.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта