AQSh Prezidenti Jo Bayden yakshanba kuni rasman “TikTok”ga qo‘shildi.
Bayden kampaniyasi platformaga a’zo bo‘lganini “salom bolalar” deb yozilgan video va “iqtisodiyot rivojlanadi” deb yozilgan ilk posti orqali e’lon qildi.
Saylov kampaniyasi bo‘yicha maslahatchilarning so‘zlariga ko‘ra, akkaunt Bayden-Xarris jamoasi tomonidan boshqariladi. Shuningdek, saylovoldi voqealar rivoji “Threads”, “Instagram”, “Facebook”, “X” va “Truth social” kabi tarmoqlarda ham keng yoritib boriladi.
– Bizning Rim imperiyamiz saylovchilar qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, ularga yetib boradi, -dedi Baydenning saylov kampaniyasi bo‘yicha menejer o‘rinbosari Rob Flerti.
So‘nggi kunlarda AQShda “Rim imperiyasi” iborasi inson haqida qayg‘uruvchi va fikrlash so‘zining qisqartmasi vazifasini bajaradigan memga aylandi. Bayden jamoasi yoshlar bilan hamkorlik qilish uchun memlarga qattiq suyangan.
– Mamlakat bo‘ylab yoshlar buni kutishgan edi. Prezident qayerda bo‘lsa ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlamoqda, shuning uchun biz unga yordam beramiz, -dedi “Gen Z” siyosiy kontent yaratuvchisi Aron Parnas.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring